“Barsa” bir futbolchi uchun oʻz yulduzidan voz kechadi
Kataloniyaning «Barselona» klubi «Yuventus» qanot himoyachisi Andrea Kambyazoni olish rejasini hali ham o‘zgartirgani yo‘q. Bu haqida La Gazzetta dello Sport xabar berdi.
Manbaga ko‘ra, «ko‘k-anorranglilar» italyalik futbolchini xarid qilish bo‘yicha kelishuvga Ronald Arauxoni ham qo‘shish variantini ko‘rib chiqmoqda.
Manbaning ta’kidlashicha, «Yuventus» bosh murabbiyi Lyuchano Spalletti Kambyazoga ishonishda davom etmoqda.
Biroq turinliklar moliyaviy cheklovlar tufayli futbolchini sotish ehtimolini ham istisno qilmayapti.
O‘tgan mavsumda Kambyazo barcha musobaqalarda 47 ta uchrashuvda ishtirok etib, 3 ta gol urdi va 5 ta golli uzatma berdi. Uning klub bilan amaldagi shartnomasi 2029 yil yozigacha amal qiladi.
Transfermarkt portali futbolchining bozor qiymatini 20 million yevro deb baholagan.

Fikrlar