“Barsa”, birgina imzo uchun 15 million yevro bersang, Kataloniyaga boraman!

  • 29.06.2026 08:31
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

«Barselona» kelasi mavsum oldidan hujum chizigʻini kuchaytirish uchun «Yuventus» hujumchisi Dushan Vlahovichni asosiy variantlardan biri sifatida koʻrib chiqmoqda. Bu haqida Mundo Deportivo xabar berdi.

Kataloniyaliklar bu transferni jamoa hujumkor futbolchisi Ferran Torres faoliyatini boshqa klublarda davom ettirish uchun ketadigan taqdirda  amalgа oshirishni rejalashtirmoqla.

Manbaga koʻra, kataloniyaliklar 26 yoshli serbiyalik hujumchini bepul qoʻlga kiritish imkoniyatiga ega, chunki uning «Yuventus» bilan shartnomasi 30 iyun kuni yakuniga yetadi.

Biroq Vlahovich yangi klubidan yiliga taxminan 8 million yevro maosh hamda 15 million yevro miqdorida imzo bonusini talab qilmoqchi.

Oʻtgan mavsumda Vlahovich barcha musobaqalarda 23 ta uchrashuvda qatnashib, 10 ta gol urdi va 2 ta golli uzatmani amalga oshirdi.

Transfermarkt maʼlumotiga koʻra, futbolchining bozor qiymati 35 million yevroni tashkil etadi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!