“Barsa” bitta gol bilan ham rekord uraveradi
“Barselona” Ispaniya chempionatining navbatdagi turida “Valensiya” ustidan 1:0 hisobida zafar quchdi.
Opta portali ekspertlarining ma’lum qilishicha, Rafinyaning yagona goli kataloniyaliklarga ajoyib rekord keltirdi.
Unga ko‘ra, “Barselona” joriy mavsumda milliy chempionatda sakkizinchi marta minimal hisobda zafar quchdi. Bunaqasi avval kuzatilmagan.
Ayni paytda Xavi Ernandes shogirdlari musobaqa jadvalida birinchi o‘rinda boryapti. Ular 62 ochko jamg‘argan holda eng yaqin ta’qibchisi “Real”ni to‘qqiz ochkoga ortda qoldirmoqda.
Fikrlar