"Barsa" braziliyalik vinger transferi uchun o‘z futbolchisidan voz kechishga tayyor

  • 27.03.2022 15:45
  • Karim Xudayqulov
  • 0
  • Futbol

"Barselona "jamoasi "Lids" vingeri Rafinyaga hamon qiziqish bildirmoqda. 

25 yoshli braziliyalik futbolchini transferiga "ko‘k-anorranglilar" o‘z himoyachisi Oskar Mingesani ham qo‘shishga tayyor, deya xabar bermoqda Sport.es nashri. 

Manbaning ma’lum qilishicha, ingliz klubi allaqachon kataloniyaliklardan kam o‘yin amaliyotiga ega 22 yoshli ispaniyalik haqida ma’lumot so‘ragan. 

Eslatib o‘tamiz, "Lids" "Barsa"ning 35 million evrolik taklifini rad etgandi. Ular o‘z etakchisi uchun 75 million evro olishni istamoqda. 

Ma’lumot o‘rnida, 25 yoshli o‘yinchi joriy mavsum barcha turnirlar doirasida 28 ta o‘yinda maydonga tushib, 9 ta gol hamda 3 ta assistni o‘z nomiga yozdirib qo‘ygan. 



Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!