“Barsa”: Bu futbolchi uchun 80 million yevro to‘lamaymiz!

  • 18.08.2026 13:35
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

“Barselona” ko‘p gol ura oladigan forvard qidirayotganiga qaramay,  “Sporting” hujumchisi Luis Suarez uchun 80 million yevroli sotib olish opsiyasini faollashtirishni rejalashtirmayapti, chunki klub bu narxni juda yuqori deb hisoblamoqda.

Portugaliya klubi chegirma qilish niyatida emas va kolumbiyalik hujumchi jamoada qolishini kutmoqda.

Bu haqida jurnalist Fabrizio Romano X ijtimoiy tarmog‘idagi sahifasida xabar berdi.

Avvalroq Romano “ko‘k-anorranglilar” Madriddning “Atletiko” klubi hujumchisi Julian Alvaresni sotib olish urinish muvaffaqiyatsiz yakunlangan taqdirda, Suarezni muqobil variant sifatida ko‘rib chiqayotganini xabar qilgan edi.

O‘tgan mavsumda Suarez barcha musobaqalarda 53 ta o‘yinda ishtirok etib, 38 ta gol urdi va to‘qqizta golli uzatmani amalga oshirdi. Futbolchining klub bilan amaldagi mehnat shartnomasi 2030 yil yozigacha mo‘ljallangan. Transfermarkt ma’lumotlariga ko‘ra, uning bozor qiymati 30 million yevroni tashkil etadi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!