“Barsa” bu futbolchidan yuz og‘ira olmayapti

  • 11.06.2026 10:51
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

Ispaniyaning amaldagi chempioni “Barselona” hali ham angliyalik to‘purar Harri Keynni o‘z safiga qo‘shib olish variantini istisno qilmayapti.

Sport.es sayti ma’lumotiga ko‘ra, bir necha oy avval futbolchining 65 million evrolik tovon puli haqidagi bandi o‘z kuchini yo‘qotgan.

Agar kataloniyaliklar Keyni xarid qilish bo‘yicha yakuniy qarorga kelsa, endi ular “Bavariya” bilan qiyin muzokaralarni olib borishiga to‘g‘ri keladi.

Myunxen klubi muzokaralarni kamida 80 million evrodan boshlaydi.

Sport.es jurnalistlari Keynning “Barselona”ga o‘tishni istamasligi haqidagi ma’lumotlarni ham rad etdi.

Ushbu mavsumda angliyalik forvard barcha musobaqalarda 51 ta uchrashuvda qatnashib, 61 ta gol va 7 ta golli uzatma muallifi bo‘ldi. Uning klub bilan amaldagi shartnomasi 2027 yil yozigacha amal qiladi.

Transfermarkt portali futbolchining bozor qiymatini 60 million evro deb baholamoqda.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!