“Barsa”: Bu to‘purar bilan muzokara bo‘lmaydi
Bir necha oy oldin “Yuventus” hujumchisi Dushan Vlahovich atrofidagi vakillar uni “Barselona” klubiga taklif qilgan edi.
Biroq kataloniyaliklar 26 yoshli forvardni transfer qilishni ustuvor variant, deb hisoblamaydi. Shu sababli, bu masala bo‘yicha muzokaralar bir necha hafta oldin muzlatib qo‘yilgan.
Bu haqida Sport.es sayti xabar berdi.
Manbaga ko‘ra, “Barselona” hujum chizig‘ini kuchaytirish uchun boshqa variantlarni o‘rganmoqda.
Hozircha Dushan Vlahovichning “Barselona”ga o‘tishi varianti istisno qilingan.
Ta’kidlanishicha, serbiyalik hujumchi o‘zi uchun asosiy maqsad sifatida aynan “Barselona”ga o‘tishni belgilagan va shu sababli boshqa muzokaralarni to‘xtatib turgan edi.
Joriy mavsumda Dushan Vlahovich barcha musobaqalarda 17 ta o‘yinda qatnashib, 6 ta gol va 2 ta golli uzatma muallifi bo‘ldi. Futbolchining klub bilan amaldagi shartnomasi 2026 yil yozigacha mo‘ljallangan.
Transfermarkt ma’lumotiga ko‘ra, uning bozor qiymati 35 million evroni tashkil etadi.
Fikrlar