Asosiy mazmunga oʻtish

Futbol

"Barsa"dagi davring tugayapti!

Zohir Toshxo'jayev
Izohlar: 0

Unga ishonmay qo‘yishdi

Niderlandiyalik jurnalist Valenteyn Drissen ma'lumotlariga koʻra, yarim himoyachi Frenki de Yong bu mavsumni «Barselona» tarkibidagi soʻnggi yili sifatida oʻtkazishi mumkin.

De Telegraaf nashri insayderining ta'kidlashicha, 29 yoshli futbolchining kelajagiga uning tez-tez jarohat olishi, shuningdek, kataloniyaliklar tarkibiga Rodrining qoʻshilishi ta'sir koʻrsatishi ehtimoldan xoli emas.

- U koʻp marta jarohat oldi, klub esa undan avval ham qutulishga urinagan edi. Endi esa ular Rodrini olishdi. 

«Barselona» hozir, u jarohatlangan bir paytda, de Yongni sotishga urinayotganiga ishonmayman, lekin bu uning klubdagi soʻnggi mavsumi, deb oʻylayman, — dedi Valenteyn Drissen.

Jurnalist qoʻshimcha qilishicha, Frenki de Yong faoliyatini «Barselona»da yakunlashni istagan, biroq Drissen uning 35 yoshgacha jamoaning asosiy tarkibidagi oʻrnini saqlab qolishiga ishonmaydi.

Ulashish
SPORTS.uz'ni Youtube'da tomosha qiling!

Izohlar (0)

Hozircha izohlar yo'q