Asosiy mazmunga oʻtish

Futbol

"Barsa"dan bizga oʻt, doim maydonda boʻlasan!

Zohir Toshxo'jayev
Izohlar: 0

O'yin amaliyoti va'da qilishdi

«Barselona»ning yosh va iste’dodli flang himoyachisi Alehandro Bal’de faoliyatini Angliya chempionatida davom ettirishi mumkin. 

Ispaniyalik futbolchiga «Liverpul» jiddiy qiziqish bildirmoqda. Bu haqida jurnalist Jordi Xil xabar berdi.

Manba ma’lumotlariga ko‘ra, «Liverpul» Bal’de atrofidagi vaziyatni yaqinidan kuzatib bormoqda. Unga «Barselona»da yetarlicha o‘yin amaliyoti berilmayotgani futbolchini kelajagi haqida o‘ylashga majbur qilishi mumkin. 

Shu bois Bal’de qishki transfer oynasida jamoasini o‘zgartirish variantlarini ko‘rib chiqishi ehtimoldan xoli emas.

«Liverpul» esa, o‘z navbatida, bunday transferni qishdayoq amalga oshirishga qarshi emasligi aytilmoqda.

Ulashish
SPORTS.uz'ning Facebook'dagi sahifasiga a’zo bo‘ling!

Izohlar (0)

Hozircha izohlar yo'q