"Barsa" etakchisi mavsum so‘nggida jamoadan ketmoqchi
“Barselona” yarim himoyachisi Serxio Buskets 2022/23-yilgi mavsum yakunida jamoani tark etishga qaror qildi.
"El Nacional" nashri xabariga ko‘ra, futbolchi klub rahbariyati bilan jamoadagi kelajagi borasida muzokaralar olib borgan.
Manba yozilishicha, 34 yoshli futbolchi mavum yakunida "Barsa" bilan yangi shartnoma imzolamoqchi emasligini va klubni tark etishni istayotganini aytgan.
Buskets kataloniyaliklar safida 2008 yildan beri to‘p tepib keladi. Uning "ko‘k-anorranglilar" bilan shartnomasi 2023 yilning yoziga qadar mo‘ljallangan.



Fikrlar