“Barsa” futbolchi ketganini e’lon qildi

  • 02.09.2026 07:16
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

Ispaniyaning amaldagi chempioni “Barselona” klubi o‘zining 22 yoshli tayanch yarim himoyachisi Mark Kasadonning transferi haqida rasmiy sayti orqali ma’lumot berdi.

Ispaniyalik futbolchi La-Korunyanning “Deportivo” klubiga bir yillik ijaraga berildi. Shartnomada futbolchini 30 million evroevaziga sotib olish optsiyasi ham bor.

Kasado “Barselona” akademiyasida tarbiyalangan. 2025/2026 yildagi mavsumda u kataloniyaliklar safida barcha turnirlarda 34 ta o‘yin o‘tkazib, 1 ta golli uzatma bergan.

Yangi mavsumda Kasado “Barselona” safida maydonga tushmagan.Uning kataloniyaliklar bilan amaldagi shartnomasi 2028 yil yozigacha amal qiladi.

Transfermarkt ma’lumotiga ko‘ra, futbolchining ayni paytdagi bozor qiymati 18 million evroni tashkil etadi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!