“Barsa” futbolchisi APL grandlarini qiziqtirib qo‘ydi

  • 27.08.2026 12:07
  • Ali Ahmadxo’jayev
  • 0
  • Futbol
Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

Ispaniyaning amaldagi chempioni “Barselona” jamoada oʻynab kelayotgan Frantsiya milliy terma jamoasi himoyachisi Jyul Kundening yozgi transfer oynasida klubni tark etishiga ruxsat berishi mumkin.

Mundo Deportivo maʼlumotlariga koʻra, 27 yoshli futbolchi agar transfer oynasi yopilguniga qadar “koʻk-anorranglilar” qiziqarli taklif olsa, bu yozda jamoani tark etishi mumkin. “Arsenal”, “Manchester Siti” va “Liverpul” Kunde bilan shartnoma imzolashga qiziqish bildirayotgan klublar qatorida ekani aytilmoqda.

Oʻtgan mavsumda himoyachi barcha musobaqalarni hisobga olganda 47 ta oʻyin oʻtkazib, uchta gol urdi va toʻrtta golli uzatmani oʻz hisobiga yozdi.

Transfermarkt maʼlumotlariga koʻra, Kundening bozor bahosi 60 million evroni tashkil etadi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!