"Barsa" futbolchisidan yuz oʻgirishdi

  • 17.10.2026 07:13
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

«Barselona» yarim himoyachisi Mark Bernalning «Liverpul»ga o‘tishi deyarli imkonsiz bo‘lib qoldi. «Qizillar» bosh murabbiyi Andoni Iraola yosh va istiqbolli havbekning katta muxlisi sifatida tilga olinayotgan, shu bois angliyalik klub futbolchi uchun jiddiy da’vogarlar qatorida edi. 

Biroq Sport nashri ma’lumoticha, «Liverpul» rahbariyati Bernalni sotib olish g‘oyasidan voz kechgan.

Avvalroq ispaniyalik tayanch yarim himoyachi uchun 2027 yil yozida taxminan 60 million yevro to‘lanishi mumkinligi aytilgandi. Ammo «Barselona» bosh murabbiyi Hans-Diter Flik 19 yoshli futbolchini muntazam ravishda maydonga tushira boshladi. Shu bois yaqin yillarda uni sotish ehtimoli deyarli yo‘qqa teng.

Qolaversa, «yangi Buskets» deb atalgan Bernal bilan 2031 yilgacha mo‘ljallangan yangi shartnoma bo‘yicha kelishuv ham amalga oshirilgan. Bu esa uning kelajagi hozircha «Barselona» bilan bog‘liqligini yana bir bor tasdiqlaydi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!