“Barsa” futbolchisini nega “Bavariya”ga bermagani sababi ma’lum bo‘ldi

  • 20.07.2026 10:20
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

Ispaniya chempionati g‘olibi “Barselona” frantsiyalik himoyachi Jyul Kunde bo‘yicha tushadigan takliflarni ko‘rib chiqishga tayyor. Bu haqida Diario SPORT xabar berdi.

Manba ma’lumotiga ko‘ra, “ko‘k-anorranglilar” 27 yoshli futbolchini 50–60 million yevro evaziga sotishga rozi.

Himoyachini Myunxenning “Bavariya” klubi sotib olishni istagan edi. Ammo bu transfer amalga oshmadi. Nemis klubi mashhur himoyachi uchun 40 million yevrodan ortiq pul to‘lashga tayyor emas

Aytilishicha, “Barselona” rahbariyati ushbu summani transfer uchun yetarli, deb hisoblamagan.

2025/2026 yildgi mavsumda Kunde barcha musobaqalarda 47 ta o‘yin o‘tkazib, 3 ta gol urdi va 4 ta golli uzatma amalga oshirdi. Uning “Barselona” bilan mehnat shartnomasi 2030 yil iyunigacha amal qiladi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!