“Barsa” ikki futbolchi bilan xayrlashadigan bo‘ldi

  • 9 noyabr, 2023, 15:55
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

“Barselona” bosh murabbiyi Xavi Ernandes jamoani qabul qilib olganidan beri tarkibni tozalash ishlarini to‘xtatgani yo‘q.

Tecno

Kataloniyaliklar mavsum oxirida yana ikki o‘yinchi bilan xayrlashadi. Murabbiylar shtabi kelasi mavsumda Markos Alonso va Serxi Roberto xizmatidan foydalanmaydi.

Ma’lumotlarga qaraganda, agar bu ikki o‘yinchiga yanvar oyida xaridor chiqsa, Xavi Ernandes ularning ketishiga to‘sqinlik qilmaydi.

Agar qishki transferlar mavsumida bu ikki tajribali futbolchiga talabgorlar topilmasa, unda xayrlashuv yozda bo‘ladi.

Alonso va Robertoning amaldagi shartnomasi mavsum oxirida yakunlanadi va ular boshqa jamoaga erkin agent sifatida bepul o‘tishi mumkin.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!