“Barsa” ishongan futbolchini boshqa jamoaga olib ketishmoqchi

  • 05.04.2024 20:04
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

“Barselona” o‘tgan yili yozda katta umidlar bilan “Manchester Siti” etakchisi va sardori Ilkay Gyundog‘anni olib kelgan edi.

Biroq Turkiyaning “Galatasaroy” jamoasi kelayotgan yozda germaniyalik futbolchini o‘z safiga qo‘shib olish uchun kurashmoqda.

Fotomac saytining yozishicha, turklar 33 yoshli futbolchi bilan aloqa o‘rnatgan va uni jamoasini o‘zgartirishga ko‘ndirmoqchi.

Ilkay Gyundog‘an Ispaniyaga kelgunga qadar Germaniya va Angliya chempionatlarida muvaffaqiyatli to‘p tepgan.

Kataloniyaga kelganidan beri Gyundog‘an “Barselona” safida barcha turnirlarda 43 ta uchrashuvda maydonga tushib, beshta gol va 10 ta assist qayd etdi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!