“Barsa” ko‘pchilik tanimaydigan futbolchini oladi
“Benfika”da o‘ynayotgan qanot himoyachisi Aleksander Bax faoliyatini superklubda davom ettirish imkoniyatiga ega bo‘ldi.
Ma’lumotlarga qaraganda, 25 yoshli futbolchi “Barselona” skautlari nazariga tushgan. Daniyalik futbolchi Portugaliya chempionatidagi dabyut mavsumida 25 ta uchrashuvda qatnashdi. Iste’dodli o‘yinchi himoyadagi vazifalarini bajarishdan tashqari, bitta gol va uchta assist qayd etishni ham uddaladi.
Aleksander Bax “Benfika”ga o‘tgan yili yozda Praganing “Slaviya” klubidan ko‘chib o‘tgan edi. Lissabonliklar bu o‘yinchi bilan 2027 yilning yarmigacha shartnoma tuzgan.
Bu futbolchining transfer summasi 8 million evroni tashkil qiladi. Bu narx Kataloniya klubini to‘liq qoniqtiradi.
Fikrlar