
"Barsa" "La Masiya" tarbiyalanuvchisini ortga qaytarmoqchi
PSV futbolchisi Xavi Simons yozda top klubga o‘tishi mumkin. Hujumkor yarim himoyachini "Barsa" ham ortga qaytarishni istaydi, deya xabar tarqatdi "Mundo Deportivo" nashri. Xavi o‘z jamoasida uni ko‘rmoqchi va rahbariyatdan ushbu transferni amalga oshirishini so‘ragan.
19 yoshli futbolchi "La Masiya" tarbiyalanuvchisi hisoblanadi. U 2019 yilda akademiyani tark etib, PSJga o‘tdi. U erda muvaffaqiyat qozona olmagan niderlandiyalik yarim himoyachi Parijdan ham ketib, PSV tomon yo‘l oldi. Ammo Frantsiya klubi Simonsni yana sotib olishi mumkin.
Xavi mavsum boshida Niderlandiya klubiga erkin agent sifatida kelib qo‘shildi. U jamoasi tarkibida 40 ta o‘yinda maydonga tushib, 16 ta golda qatnashdi.
Fikrlar