“Barsa” Levandovskini ketkazganidan pushaymon
«Barselona» rahbariyati yozda klubni tark etgan 37 yoshli hujumchi Robert Levandovski bilan shartnomani uzaytirmaslik haqidagi qaroridan pushaymon bo‘la boshlandi. Bu haqida The Touchline nashrining X ijtimoiy tarmog‘idagi sahifasi xabar berdi.
Manba ma’lumotiga ko‘ra, may oyida kataloniyaliklar polshalik to‘purar o‘rniga hech qanday qiyinchiliksiz munosib futbolchi topa olishlariga ishonishgan. Biroq «Atletiko» (Madrid) hujumchisi Xulian Alvares yoki «Chelsi» forvardi Joau Pedroni transfer qilishga bo‘lgan urinishlar dastlab kutilganidan ancha murakkab bo‘lib chiqdi.
Levandovski 2022 yil yozidan buyon «Barselona» sharafini himoya qilib kelgan edi. O‘tgan mavsumda u barcha musobaqalarda 46 ta o‘yinda ishtirok etib, 19 ta gol urdi va 4 ta golli uzatmani amalga oshirdi.
Avvalroq, ommaviy axborot vositalari Kataloniyani tark etgan mashhur futbolchining MLS ishtirokchisi «Chikago Fayr» klubiga o‘tishi tayyorlanayotgani haqida xabar bergan edi.

Fikrlar