"Barsa" Levandovskini qo‘yib yubormoqchi emas!

  • 07.10.2024 16:16
  • Oybek Yo’ldoshev
  • 0
  • Futbol
Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

"Barselona" Robert Levandovskining kelajagi borasida qaror qabul qildi.

"Sport.es" nashri xabariga ko‘ra, kataloniyaliklar rahbariyati polshalik futbolchining uzoq vaqt davomida yuqori saviyadagi o‘yin namoyish eta olishiga qaror ishonadi. Shu bois kelasi yili yangi asosiy forvard sotib olish rejalashtirilmagan. "Ko‘k-anorranglilar" keyingi mavsumda ham Levandovskiga ishonch bildirishga tayyor. 

Eslatib o‘tamiz, joriy mavsumda 36 yoshli xujumchi barcha musobaqalarda 11 ta o‘yinda qatnashib, 12 ta gol va 2 ta golli uzatmani amalga oshirdi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!