“Barsa” mundialda porlagan hujumchini transfer qilmoqchi

  • 25.06.2026 07:03
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

Kataloniyaning “Barselona” klubi Ispaniya terma jamoasi tarkibida jahon chempionatida o‘zini ko‘rsatayotgan Mikel Oyarsabalni sotib olish imkoniyatini ko‘rib chiqmoqda.

Manbaga ko‘ra, Robert Levandovski ketganidan keyin klub yangi hujumchi qidirmoqda. Shu bilan birga, Xulian Alvaresning transferi bo‘yicha vaziyat ham noaniq bo‘lib qolmoqda.

Shu sababli Oyarsabal transferi tobora qiyinlashib borayotgan argentinalik hujumchiga muqobil variant sifatida ko‘rilmoqda.

O‘tgan mavsumda Oyarsabal “Real Sosyedad” safida 40 ta o‘yin o‘tkazib, 18 ta gol urdi va 4 ta golli uzatma amalga oshirdi. Transfermarkt ma’lumotiga ko‘ra, uning bozor qiymati 25 million evroni tashkil qiladi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!