“Barsa” mundialning ikki finalchisidan birini tanlaydi

  • 18.07.2026 11:09
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

Ispaniyaning amaldagi chempioni “Barselona” kelasi mavsum oldidan markaziy himoya chizigʻini kuchaytirish variantlarini izlamoqda.

Sport nashri maʼlumotiga koʻra, kataloniyaliklar uchun asosiy variantlar “Tottenxem” himoyachisi Kristian Romero va “Atletik Bilbayo” futbolchisi Emerik Laport hisoblanadi.

“Koʻk-anorranglilar” himoya markazida Pau Kubarsi uchun oʻz vaqtida Inyigo Martines boʻlgani kabi tajribali sherik topishni istamoqda.

Biroq manbaning taʼkidlashicha, argentinalik yoki ispaniyalik himoyachilardan birini sotib olish uchun “Barselona” hozirgi tarkibdan kim bilandir xayrlashishiga toʻgʻri keladi.

Transfermarkt maʼlumotiga koʻra, 28 yoshli Romeroning qiymati 45 million yevroni tashkil qiladi, 32 yoshli Laport esa 8 million yevroga baholangan.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!