Asosiy mazmunga oʻtish

Futbol

"Barsa" navbatdagi "el klasiko"da tushum rekordini yangilaydi

Zohir Toshxo'jayev
Izohlar: 0

Bu o'yin hammaning e'tiborida

«Barselona» klubi navbatdagi «el-klasiko» orqali chipta sotuvidan tushadigan daromad bo‘yicha o‘z rekordini yangilashi kutilmoqda. SPORT nashri yozishicha, yakshanba kuni «Kamp Nou»da bo‘lib o‘tadigan «Real»ga qarshi o‘yin oldidan stadionda deyarli bo‘sh o‘rin qolmagan.

Chiptalar 29 sentabrdan sotuvga qo‘yilgan. Dastlabki bosqichda eng arzon chiptalar 299–640 yevro oralig‘ida baholangan edi. Hozir esa qolgan oddiy o‘rinlar narxi keskin oshgan: Gol 2 Superior sektoridagi chiptalar 1249 yevro, markaziy tribunadagi o‘rinlar esa 2099 yevrogacha chiqdi. VIP-to‘plamlar esa 2400 yevrodan 8000 yevrogacha bo‘lgan narxda taklif etilmoqda.

O‘tgan mavsumning 10 may kuni «Barselona» o‘z maydonidagi «Real»ga qarshi o‘yin uchun chipta sotish orqali 16,4 million yevro ishlab olgan edi. Hozirgi o‘yinda bu ko‘rsatkich yanada oshishi mumkin. Bu, stadionda rekonstruksiya ishlari tufayli barcha o‘rinlardan foydalanish imkoniy yo‘qligiga qaramasdan, amalga oshishi kutilmoqda.

Ulashish
SPORTS.uz'ning Facebook'dagi sahifasiga a’zo bo‘ling!

Izohlar (0)

Hozircha izohlar yo'q