“Barsa” navbatdagi o‘n yillikka zo‘r darvozabon qidiryapti. Hozircha uchta golkiper topildi

  • 08.03.2025 11:34
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

Xans-Diter Flik boshqaruvidagi “Barselona” joriy mavsum darvozabon masalasida ko‘p qiyinchiliklar duch keldi.

Endi klub rahbariyati yaqin o‘n yil ichida bu masalaga qaytmaslik uchun boshqa golkiper olishni maqsad qilib qo‘ydi.

Fichajes nashrining yozishicha, kataloniyaliklar yozda uch nafar darvozabon bilan muzokara olib boradi. Taklif etiladiganlar ro‘yxatiga Bart Verbryuggen (“Brayton”), Lyuka Shevale (“Lill”) hamda Joan Garsiya (“Espanol”) kiritilgan.

Ayni paytda “Barselona”da uch darvozabon asosiy tarkib vakili hisoblanadi. Biroq ulardan Mark-Andre ter Shtegen va Voytsex Shchesnining yoshi o‘tib qolmoqda. 25 yoshli Inyanki Penya “Barselona”dek grand klubda asosiy darvozabon bo‘ladigan darajada mahoratga ega emas.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!