"Barsa"ni boshqargan murabbiy ispan klubiga rad javobini berdi

  • 16.09.2026 18:28
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

«Valensiya» klubi «Barselona»ning sobiq bosh murabbiyi Ernesto Valverdeni jamoaga taklif qildi, ammo tajribali mutaxassis bu taklifni rad etdi. U klub rahbariyati tomonidan bosh murabbiy lavozimi uchun asosiy nomzod sifatida ko‘rib chiqilayotgan edi.

Ma’lumotlarga ko‘ra, Valverde «Valensiya» rahbariyatiga bildirgan ishonch va qiziqish uchun minnatdorlik bildirgan, biroq sport direktori Braulio Vaskesga joriy mavsumda ish faoliyatiga qaytish niyati yo‘qligini ochiq aytgan. Murabbiy va klub rasmiysi o‘rtasidagi iliq munosabatlarga qaramay, Valverde o‘z qarorini o‘zgartirmagan.

Eslatib o‘tamiz, Braulio Vaskes va Ernesto Valverde 2012/13 yildgi mavsumda «Valensiya»da birga faoliyat yuritgan. Shunga qaramay, 62 yoshli mutaxassis bu safar ham o‘z pozitsiyasida qat’iy qoldi va murabbiylik faoliyatidagi tanaffusni davom ettirishni ma’qul ko‘rdi.

«Valensiya» yaqinda bosh murabbiy Karlos Korberan bilan hamkorlikni to‘xtatgan edi. Klub hozircha jamoani kim boshqarishi aniq emasligi fonida yangi nomzodlarni ko‘rib chiqishda davom etmoqda.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!