"Barsa" Niko uchun hamma narsani tayyorlab qo‘ygan edi. Nega transfer amalga oshmay qoldi? Batafsil ma’lumotlar berildi
Kataloniyaning "Barselona" klubi va 22 yoshli vinger Niko Uilyams o‘rtasidagi muzokaralar muvaffaqiyatsiz yakunlandi. Bugun Bilbaoning "Atletik" klubi rasman Uilyams bilan 2035 yilgacha shartnoma uzaytirilganini e’lon qildi.
"The Athletic" nashrining manbasiga ko‘ra, "Barsa" Uilyamsni kelasi mavsum byudjetiga qo‘shishni rejalashtirgan, biroq kelishuv amalga oshishi uchun futbolchining to‘liq roziligi talab qilingan. Ispaniyada to‘lov shartini amalga oshirish uchun futbolchi yoki uning vakillari La Liganing Madriddagi bosh qarorgohida mablag‘ni shaxsan yuborishi kerak.
O‘tgan hafta ikki tomon muzokara olib borgan, biroq kelishuvga erishilmagan. Uilyams tarafi futbolchi ro‘yxatdan o‘tkazishda muammolar yuzaga kelsa, klubni tark etish huquqi bo‘lishini xohlagan. Ular, shuningdek, "Arsenal", "Bavariya" va shuning o‘zidagi "Atletik" kabi boshqa jamoalar ham yaxshi shartlar taklif qilayotganini bilishgan.
"Barselona"ning sport direktori Deku bu talabga rozi bo‘lmagan. U Uilyamsning yozgi transfer oyi oxirigacha muvaffaqiyatli ro‘yxatdan o‘tkazilishiga va’da bergan, lekin 58 million evro turadigan futbolchini potentsial ravishda yo‘qotish xavfiga borishni istamagan.
Shungga qaramay, chorshanba kuni kechqurun "Barsa"ning rahbarlari hali ham bitim amalga oshishiga ishongan. Ular Uilyamsning klubga qo‘shilish istagi muammolarni engib o‘tishga yordam beradi, deb hisoblashgan.
Qizig‘i shundaki, kataloniyaliklar rahbariyati va ko‘plab futbolchilari Uilyamsning "Atletik"da qolish haqidagi qarorini faqat ijtimoiy tarmoqdagi video orqali bilishgan. Ular bu holatni tushuna olmagan — transfer deyarli mukammallashgan, unga qaysi raqam berilishi ham muhokama qilingan edi.
Fikrlar