
“Barsa” oltita o‘yinda ikkita sovrin yutgan futbolchiga kutilmagan yangilik aytdi
Ispaniyaning amaldagi chempioni “Barselona” yozgi transferlar davrida tarkibini tartibga solishga va ortiqcha o‘yinchilardan qutilishga harakat qilmoqda.
Klubni tark etishi talab etilgan futbolchilar orasida 29 yoshli himoyachi Andreas Kristensen ham bor edi.
Sport.es saytining ma’lum qilishicha, Kataloniya superklubi rahbariyati kutilmaganda daniyalik o‘yinchi borasida fikrini o‘zgartirdi.
Endi “Barselona” Kristensenga yangi shartnoma berib, unga klubdagi faoliyatini 2027 yilning 30 iyunigacha davom ettirish imkonini taqdim qilmoqda.
Andreas Kristensen o‘tgan mavsumda jarohati tufayli atigi oltita uchrashuvda qatnashdi xolos. Biroq shunga qaramay, jamoa bilan birga Ispaniya chempioni va Qirol kubogi sohibiga aylandi.
Fikrlar