“Barsa” oʻyinchini Saudiyada kutishyapti

  • 25.03.2026 17:02
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol

“Barselona” yarim himoyachisi Mark Kasado joriy mavsum yakunlangandan keyin Ktaloniya klubini tark etishi kutilmoqda.

Xans-Diter Flik jamoasida yetarli darajada o‘yin amaliyotiga ega bo‘la olmayotgan futbolchiga Saudiya Arabistonidan chorlov bo‘lyapti.

Biroq Kasado hozircha yozgi takliflarni ko‘rib chiqmaydi. 22 yoshli futbolchi to‘liq “Barselona” safidagi o‘yinlarga e’tibor qaratgan.

2025-2026 yildgi mavsumda Mark Kasado Ispaniya chempionati va Chempionlar ligasida 25 ta o‘yinda ishtirok etgan. Bu uchrashuvlarning faqat 11 marta asosiy tarkibda maydonga tushgan.

Transfermarkt portali Mark Kasadoni 20 million yevro deb baholamoqda. Kataloniya superklubi o‘z futbolchisini sotib yuborib, g‘aznaga mablag‘ tushirishga qarshi emas.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!