“Barsa” o‘ziga yoqadigan superto‘purarni boshqa top-ligadan topdi
Ispaniyaning amaldagi chempioni “Barselona” sport direktori Deku 2026 yilgi ikkita transfer oynasi uchun xaridlarni rejalashtirish ishlarini boshlab yuborgan.
Kataloniya superklubining asosiy maqsadlaridan biri yuqori darajadagi markaziy hujumchi sotib olish hisoblanadi. Deku ana shu rejani amalga oshirish uchun “Inter” forvardi Lautaro Martinesni transfer nishonlari ro‘yxatiga kiritdi.
Bu haqida taniqli jurnalist Rudi Galetti xabar berdi.
Manba ma’lumotiga ko‘ra, transfer bozorini faol tarzda o‘rganayotgan Deku aynan 28 yoshli argentinalik yulduz nomzodini tanladi. Kataloniyaliklar avvalgi mavsumlarda bir necha bor Martinesni transferga ko‘ndirishga urinib ko‘rgan.
Joriy mavsumda Lautaro 17 ta o‘yinda ishtirok etib, 10 ta gol va 2 ta assist qayd etdi. Uning “Inter” bilan amaldagi shartnomasi 2029 yil yozigacha amal qiladi. Transfermarkt ma’lumotlariga ko‘ra, uning bozor qiymati 85 million evroni tashkil qilmoqda.
Fikrlar