
“Barsa” prezidenti: Messi masalasiga meni aralashtirmang!
“Barselona” prezidenti Joan Laporta 17 oktyabr kuni “Oltin to‘p” taqdimot marosimida Lionel Messi bilan uchrashishini aytdi.
- “Oltin to‘p” taqdimot marosimida Lionel Messi bilan aniq ko‘rishaman. U uchun “Barselona” qanday ahamiyatga eka ekanini bilaman. Lekin u ayni paytda PSJ o‘yinchisi.
Biz Messini hurmat qilishimiz kerak. Shu bois, meni uning masalasiga aralashtirmang.
Ko‘plab kataloniyaliklar uni “Barsa”da ko‘rishni istayaptimi? Men ham ularning qatoridaman, - dedi Joan Laporta.
Messi 2005-2021 yillar davomida “Barselona” safida 776 ta uchrashuv o‘tkazib, 670 ta gol va 302 ta assist muallifi bo‘lgan.
Fikrlar