"Barsa": Qari bo‘lsa ham Virjil van Deykni olamiz!

  • 19.10.2026 11:27
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

«Liverpool» jamoasi markaziy himoyachisi Virjil van Deyk faoliyatini Ispaniyada davom ettirishi mumkin. Bu haqida Toskills Sports UK nashri xabar berdi.

Manba ma’lumotlariga ko‘ra, gollandiyalik futbolchiga «Barselona» jiddiy qiziqish bildirmoqda. Kataloniya klubi uni 2027 yil yozida erkin agent sifatida o‘z safiga qo‘shib olishni rejalashtiryapti. Bu variant Virjil van Deyk «Liverpool» bilan yangi shartnoma imzolamagan taqdirda amalga oshishi mumkin.

Joriy mavsumda Virjil van Deyk «Liverpool» tarkibida 9 ta o‘yin o‘tkazdi. U bu bahslarda gol yoki golli pas bilan ajralib tushmagan. Gollandiya terma jamoasi sardoridan biri bo‘lgan Virjil van Deyk 2018 yildan buyon «qizillar» sharafini himoya qilib kelmoqda.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!