“Barsa” rahbariyati “Siti” yulduzi bilan kelishuvga erishdi
“Manchester Siti” sardori Bernardu Silvaning klub bilan hamkorligi poyoniga yetib bormoqda. Amaldagi shartnoma 30 iyun kuni tugaydi.
Portugaliyalik yulduz faoliyatini Ispaniya chempioni “Barselona” safida davom ettirishga tayyor. U kataloniyaliklarga hamkorlik borasida og‘zaki rozilik bergan.
Bu haqida El Nacional nashri xabar berdi.
31 yoshli Bernardu Silva Xosep Gvardiola qo‘l ostida 2017 yildan beri o‘ynab kelmoqda. U “shaharliklar” safida klublar miqyosidagi barcha turnirlarda g‘olib chiqqan.
Joriy mavsum Bernardu barcha turnirlarda 43 ta o‘yin o‘tkazib, 3 ta gol va 5 ta golli uzatma qayd etgan.
So‘nggi ma’lumotlarga ko‘ra, tajribali pleymeykerni “Yuventus”, “Milan” va “Galatasaroy” ham o‘z safiga qo‘shib olish istagini bildirgan.

Fikrlar