“Barsa” super yulduzlari – Messi va Grizmann 17 yashar bolaga bas kelolmadi

  • 18 iyun, 2020, 13:13
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

“Barselona” nega Ansu Fatini hech qanday mablag‘ evaziga sotmasligi tobora oydinlashib bormoqda. Fati yaqin kelajakda Messining etakchilik mavqeini egallaydi.

Tecno

Mutaxassislar Fatining o‘yin sifatini o‘rganib chiqib, zarba samaradorligi eng yuqori ekanini aniqlashdi. 17 yoshli hujumchi joriy mavsumda La Ligada beshta, Evropa Chempionlar ligasida bitta, jami oltita golga mualliflik qildi.

Bu natijasiga erishish uchun Fatiga raqib darvozasi tomon yo‘llangan 12 ta zarba kifoya qildi. Bu ko‘rsatkich bo‘yicha yosh futbolchi o‘zidan keyingi o‘rinlarni egallab turgan Antuan Grizmann va Lionel Messidan ancha o‘zib ketgan.

1164157794.jpg.0

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!