"Barsa" supertoʻpurarni kutyapti
Kataloniyaliklarga zo‘r hujumchi kerak
«Barselona» klubi hujum chizig‘ini kuchaytirish uchun bir qator nomzodlarni ko‘rib chiqmoqda. El Nacional nashrining yozishicha, kataloniyaliklar «Bavariya» forvardi Harri Keyn, «Borussiya Dortmund» hujumchisi Seru Girassi, «Atletiko Madrid» futbolchisi Aleksandr Sörlot va «Bornmut» safida to‘p surayotgan Eli-Junior Krupiga qiziqish bildirgan.
Ularning barchasi «Atletiko Madrid» hujumchisi Xulian Alvaresga ehtimoliy o‘rinbosar sifatida ko‘rilmoqda.
Avvalroq ommaviy axborot vositalarida Harri Keyn «Bavariya» bilan shartnomasini 2029 yilgacha uzaytirishga yaqin ekani haqida xabarlar paydo bo‘lgan edi. Ma’lumotlarga ko‘ra, u Myunxen klubida bir mavsum uchun 25 million yevro maosh olmoqda.
Harri Keyn «Tottenxem» tarkibidan «Bavariya»ga o‘tgan edi. U nemis grandi safida 147 o‘yinda maydonga tushib, 146 ta gol urdi va 33 marta golli pas berdi. Shu tariqa, u jamoaning asosiy gol mashinasiga aylandi.

Izohlar (0)