“Barsa” Torres o‘rniga Angliya chempionini olib keladi
Jurnalist Xose Al’varesning ma’lum qilishicha, “Barselona” rahbariyati “Arsenal” hujumchisi Viktor D’yo’kereshni Ferran Torresning o‘rniga olib kelish imkoniyatini ko‘rib chiqmoqda.
Ispaniyalik futbolchi Ferran Torres PSJga o‘tganidan keyin shvetsiyalik hujumchi kataloniyaliklar uchun ustuvor variantga aylangan.
“Arsenal” D’yo’kereshni o‘tgan yozda Lissabonning “Sporting” klubidan 70 million yevro va bonuslar evaziga sotib olgan edi.
“Barselona” 2024 yildan beri D’yo’kereshning vaziyatini kuzatib kelgan va uni Robert Levandovskiyning o‘rnini bosishi mumkin bo‘lgan hujumchi sifatida baholagan.
Ferran Torresni 50 million yevroga sotganidan keyin kataloniyalarga bir mavsumda 30 tadan ko‘p gol ura oladigan samarali hujumchi kerak.
D’yo’keresh “Arsenal”dagi ilk mavsumida Premer-ligada 36 ta o‘yinda 14 ta gol urdi va jamoaning chempionlikni qo‘lga kiritishiga hissa qo‘shdi.

Fikrlar