“Barsa” uch futbolchi bo‘yicha yakuniy qarorga keldi

  • 2 avgust, 07:37
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

“Barselona” rahbariyati uch nafar futbolchi bo‘yicha yakuniy qarorga keldi. Klub mutasaddilari yarim himoyachi Frenki de Yong, himoyachilar Erik Garsiya va Jyul Kunde bilan yangi shartnoma tuzish bo‘yicha muzokara boshladi.

Tecno

Bu haqda nufuzli manba – Mundo Deportivo ma’lum qildi.

Yuqorida nomi keltirilgan uch nafar o‘yinchining kataloniyaliklar bilan amaldagi shartnomasi 2026 yilning 30 iyunida yakunlanadi.

Ular kelasi mavsum erkin agent sifatida bepul ketib qolmasligi uchun yangi bitimga ko‘ndirish yok shu yoz sotib yuborish talab etiladi.

Manbaga ko‘ra, frantsiyalik himoyachi Jyul Kunde klub taklif qilgan shartnomani qabul qilgan va kelajagini amaldagi chempion bilan bog‘lashga tayyor.

Mutasaddilar Niderlandiya terma jamoasi a’zosi hisoblangan Frenki de Yong bilan hamkorlikni yana uch yilga uzaytirmoqchi. Transfer bo‘yicha ekspertlar Erik Garsiya ham katta ehtimol bilan Kataloniyada qolishga rozilik berishini aytmoqda.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!