“Barsa” uchun superto‘purar narxini uch baravar tushirishdi

  • 11.04.2026 07:33
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol

A Seriya ishtirokchisi “Milan” hujumchisi Rafael Leau faoliyatini Ispaniya chempionatida davom ettirish imkoniyatiga ega bo‘ldi.

Corriere della Sera nashri ma’lumotiga ko‘ra, portugaliyalik futbolchining xizmati “Barselona”ga taklif qilingan, Kataloniya klubi esa unga avvaldan qiziqib kelgan.

Portugaliyalik forvardning milanliklar bosh murabbiyi Massimiliano Allegri bilan munosabatlari tarang va jamoa qolishni istamaydi.

Leauning transferi uchun badal puli 170 million evroni tashkil etishi belgilangan, biroq “Milan” vaziyatdan chiqish uchun hujumchini 50 million evro evaziga sotib yuborishga tayyor.

Rafael Leau 2019 yilda “Lill”dan “Milan”ga 49 million evro evaziga o‘tgan. Uning shartnomasi 2028 yilning 30 iyunigacha amal qiladi.

Joriy mavsumda hujumchi “Milan” safida barcha musobaqalarda 25 ta o‘yinda ishtirok etib, 10 ta gol urdi va 2 ta golli uzatma amalga oshirdi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!