"Barsa" va "Liverpul" 34 yoshli himoyachini qo‘lga kiritmoqchi
"Barselona" va "Liverpul" ayni damda erkin agent maqomidagi Esekiel Garay uchun da’vogarlik qilmoqda.
Iyul oyida "Valensiya"ni tark etgan 34 yoshli futbolchi o‘tgan mavsumda 23 ta o‘yinda maydonga tushgan.
Garay Argentinaning "Nyuells Old Boyz" klubi tarbiyalanuvchisi hisoblanadi. U faoliyati davomida "Rasing", "Real", "Benfika", "Zenit" va "Valensiya klublarida to‘p surgan.

Fikrlar