"Barsa" va "Real" so‘ragan futbolchi narxini aytishdi

  • 17.10.2026 07:08
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

La Liga grandlari Angliya chempionatida oʻynayotgan ispaniyalik futbolchi Pedro Porro uchun katta pul sarflashiga toʻgʻri keladi.

«Tottenxem» oʻzining qanot himoyachisi Pedro Porro uchun rasmiy narx belgiladi. Ispaniyalik futbolchiga «Barselona» va «Real» jiddiy qiziqish bildirmoqda.

London klubi Porro transferi uchun 88,6 million yevro talab qilmoqda. Maʼlumotlarga koʻra, himoyachi boʻyicha muzokaralar allaqachon boshlab yuborilgan.

Manbalarga koʻra, «Barsa» ham, «Real» ham Pedro Porroni himoyaning oʻng qanotini kuchaytirish uchun ustuvor nomzod sifatida koʻrmoqda.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!