“Barsa” va “Real” yulduzlari "Milan"da o‘ynaydi

  • 10 iyun, 2021, 22:00
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

“Milan” klubi chempionlik uchun kurashish maqsadida tarkibini “Barselona” va “real” futbolchilari bilan kuchaytirishni maqsad qilgan.

Tecno

Manbalarning ta’kidlashicha, milanliklar “Barselona”ga kerak bo‘lmay qolgan Xunior Firpo o‘z safiga qo‘shib olmoqchi va “Real”dan olingan Braim Diasning ijara muddatini yana bir yilga uzaytirmoqchi. Bu transferlar bilan sport direktori Paolo Maldini shug‘ullanyapti.

Xunior Firpo yakunlangan mavsumda atigi ettita uchrashuvda qatnashganidan norozi va tezroq klubni tark etmoqchi. “Milan” uning transferini 15-20 million evroga hal qilishi mumkin.

Braim Dias esa milanliklar ishonchini oqladi. U A Seriyada jami 27 ta uchrashuvda qatnashib, raqiblar darvozasiga to‘rtta to‘p kiritdi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!