“Barsa” Xavi bilan shartnoma imzoladi
“Barselona” klubi ijtimoiy tarmoqdagi X sahifasi orqali iqtidorlu oʻng qanot himoyachisi Xavi Espart bilan shartnoma 2030 yilgacha uzaytirilganini maʼlum qildi.
“Kelajak sizniki, va u “koʻk-anor ranglarda”, - deyiladi klub xabarida.
Espart “Barselona” tarbiyalanuvchisi hisoblanadi. U sakkiz yoshidan kataloniyaliklar akademiyasida shugʻullangan. 19 yoshli himoyachi asosiy jamoadagi debyutini 2026 yil 10 mart kuni Chempionlar ligasida “Nyukasl Yunayted”ga qarshi uchrashuvda oʻtkazdi.
Espart “Barselona”ning kattalar jamoasi safida jami 11 ta uchrashuvda maydonga tushib, bir gol urdi va ikkita golli uzatma amalga oshirdi. Transfermarkt maʼlumotlariga koʻra, futbolchining bozor qiymati 25 million yevroni tashkil etadi.

Fikrlar