"Barsa" xodimlari "el klasiko" oldidan norozilik namoyishi o‘tkazadi
«Barselona» ichida ichki keskinlik kuchaymoqda. «Barselona» futbolchilari «Real Madrid»ga qarshi «el klasiko» uchrashuviga maydondan tashqari omillar tufayli yuzaga kelgan tarang vaziyatda tayyorgarlik ko‘rmoqda.
Derbyderbyderby.it nashri Mundo Deportivo manbasiga tayanib xabar berishicha, klubda o‘yinlarni tashkil etish uchun javobgar bo‘lgan xodimlar guruhi uch kunlik ish tashlash e’lon qilgan.
Ular bu orqali o‘zlarining aytishicha, ancha vaqtdan beri mehnat sharoitlariga salbiy ta’sir ko‘rsatayotgan jiddiy muammolarga jamoatchilik va klub rahbariyati e’tiborini qaratmoqchi.
Noroziilik aksiyasi juma, 23 oktyabrdan dushanba, 26 oktyabrgacha bo‘lgan davrga belgilangan. Bu sana klubning turli sport bo‘limlari uchun juda muhim sanaladigan uik-endga to‘g‘ri kelmoqda.

Fikrlar