“Barsa” xo‘jayini Laporta FIFA va UEFAni xafa qildi

  • 15.09.2025 07:42
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol

Jahon va Evropa futboliga mas’ul bo‘lgan FIFA va UEFA tashkilotlari “Barselona” xo‘jayini Joan Laportaning bayonotlarini salbiy qabul qildi.

Sport.es saytining yozishicha, Joan Laporta FIFA tomonidan yangi formatda tashkil etilgan va AQShda o‘tkazilgan klublar o‘rtasidagi jahon chempionati tashkilotchilarini tanqid qildi. Laportaga Ispaniyaning amaldagi chempioni bo‘lgan “Barselona” turnirga taklif qilinmagani, aksincha, bir nechta kuchsizroq darajadagi klublar o‘ynagani yoqmagan.

UEFA rahbariyati esa,  Laportaning Ispaniya chempionati doirasida “Barelona”ning ayrim uchrashuvlarini mamlakatdan tashqarida o‘tkazish g‘oyasini qo‘llab-quvvatladi va bunga ruxsat bermadi.

“Barselona” xo‘jayini Evropa Superligasini yaratish tashabbuskorlaridan biri bo‘lgani uchun ham UEFA bilan munosabatlar ancha tarangligi aytilmoqda.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!