"Barsa" Xoland uchun etakchi futbolchisini "qurbon" qilmoqchi"

  • 14.01.2022 02:41
  • Karim Xudayqulov
  • 0
  • Futbol
Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

Niderlandiyalik yarim himoyachi Frenki De Yong yozda "Barselona"ni tark etishi mumkin. Bu haqda "Marca" nashri xabar berdi. 

Ma’lum bo‘lishicha, Frenkining o‘yini so‘nggi paytlarda Kataloniya klubi murabbiylar shtabinining talabi darajasida emas. Ayni vaqtga kelib unga asosiy tarkib futbolchisi sifatida qaralmayapti.  

24 yoshli futbolchi sotuvidan "blaugranas" yaxshi pul ishlab topadi. Bu mablag‘ Dortmundning "Borussiya" jamoasi hujumchisi Erling Xolandning transferiga sarflanishi kutilmoqda. 

De Yong joriy mavsum La Liganing 16 ta o‘yinida maydonga tushib, 1 ta gol urgan. 2019 yildan buyon "Barselona"da o‘ynab kelayotgan xavbekning transfer narxi 70 million evroga baholanmoqda. 

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!