Asosiy mazmunga oʻtish
“Barsa” Yamalni Ispaniya terma jamoasida o‘ynatmaslikni talab qilyapti

“Barsa” Yamalni Ispaniya terma jamoasida o‘ynatmaslikni talab qilyapti

La Liga chempionligi uchun kurashayotgan “Barselona” mutasaddilari Ispaniya milliy terma jamoasi rahbariyatiga gʻalati talab qoʻydi.

Kataloniya klubi xoʻjayinlari ulardan Lamin Yamalni 31 mart kuni Misr terma jamoasi bilan boʻladigan oʻrtoqlik uchrashuvida oʻynatmaslikni soʻradi. Agar Lamin maydonga tushishi talab etilsa, faqat bir boʻlib oʻynatishni iltimos qildi.

“Barsa”ning bu taklifi Rafinya Diasning Braziliya terma jamoasi yigʻinida jarohat olgani va maʼlum muddat kataloniyaliklarga yordam bera olmasligi bilan bogʻliq.

Bu haqida The Touchline akkaunti X ijtimoiy tarmogʻida xabar berdi.

Manbaga koʻra, “Barsa” murabbiylar shtabi Rafinyani yoʻqotganidan xafa va yana bir muhim futbolchidan ayrilishni istamaydi.

27 mart kuni “Barselona” Rafinyada oʻng oyok son qismid jarohat aniqlandiini maʼlum qilgandi. Taʼkidlanishicha, 29 yoshli futbolchining tiklanish muddati taxminan besh hafta boʻladi.

Ulashish
SPORTS.uz'ning Instagram'dagi sahifasiga qo‘shiling!

Izohlar (0)

Hozircha izohlar yo'q