"Barsa" Yamalsiz o'ynay olmasligi isbotlandi
Kataloniyaliklar yosh oʻyinchiga suyanib qolgan
Joriy mavsumda kataloniyalik «Barselona» sakkizta o‘yin o‘tkazdi va barchasida g‘alaba qozondi. Qiziqishi shundaki, ushbu sakkiz uchrashuvning barchasida Lamin Yamal asosiy tarkibda maydonga tushgan.
Hozircha Lamin mavsum boshidan buyon har bir o‘yinni birinchi daqiqadan boshlagan jamoadagi yagona futbolchiga aylangan.
Ispaniya chempionati doirasidagi navbatdagi bahsda «Barselona» safarda Sevilyaning «Betis» klubiga qarshi maydonga tushadi. Shu bilan birga, jamoa yaqin kunlar ichida Yevropa maydonida ham muhim o‘yin o‘tkazadi – Chempionlar ligasida Turkiyaning «Galatasaroy» klubiga qarshi bellashuv rejalashtirilgan.
Lamin Yamanning «Barselona» asosiy jamoasidagi yo‘li esa ancha oldin boshlangan. U birinchi marta katta jamoa safida 2023 yil 29 aprel kuni maydonga tushgan, o‘shanda u zahiradan maydonga qo‘shilgan edi. Shu tariqa, uning «Barselona» tarkibida debutiga uch yarim yildan ortiq vaqt bo‘ldi.

Izohlar (0)