"Barsa" yana "Atletiko"ni bezovta qiladigan bo'ldi
«Barselona» qishki transfer oynasi uchun reja tuzmoqda. Manbalarga ko‘ra, «Barselona» qishki transfer oynasidagi asosiy maqsad sifatida «Atletiko» hujumchisi Xulian Alvaresni belgilab qo‘ygan.
Kataloniya klubi argentinalik forvardni o‘tgan yozdayoq olib kelishga urinган edi.
Yakuniga yetgan transfer oynasida «Atletiko» Xulian Alvares masalasida qat’iy pozitsiyani egalab, hujumchini sotishdan bosh tortdi.
Shuning uchun «Barselona» qishda muzokaralarni qayta tiklashni rejalashtirmoqda.
Alvaresning «Atletiko» bilan amaldagi shartnomasi 2030 yil yozigacha mo‘ljallangan. Avvalroq argentinalik futbolchi o‘zi ham «Barselona» safida to‘p surish istagini oshkor qilgan edi.

Fikrlar