“Barsa” yulduzi Arauho Urugvayga muammo tug‘dirdi

  • 15.06.2026 15:33
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

Urugvay milliy terma jamoasi bosh murabbiyi Marselo Byelsa tarkibdagi muammolar, xususan, himoyachi Ronald Arauxoga boldir mushagining uzilishi tashxisi qo‘yilganini ma’lum qildi.

- Xose Mariya Ximenesda to‘piq bilan bog‘liq muammo bor edi. U tiklanish jarayonini nazorat qilgan mutaxassislarga ishongani uchun bir hafta kechroq qaytdi. Hozir u biz bilan 15 kundan beri ishlayapti va to‘liq sog‘aygan.

Arauxo esa jiddiy bo‘lmagan mushak muammosi bilan kelgandi. Agar futbolchi mashg‘ulotda mushak uzilishini olsa, demak nimadir noto‘g‘ri bo‘lgan. U biz to‘liq ishonadigan mutaxassislar bilan ishlaydi va ular hamda futbolchining o‘zi bilan kelishilmagan birorta qaror qabul qilinmagan.

Biz o‘zimizni jarohat uchun ma’lum darajada mas’ul, deb his qilamiz, ammo boshqacha yo‘l tuta olmasdik, - dedi Byelsa.

Ronald Arauxo 2025/26 yildgi mavsumda “Barselona” safida 38 ta uchrashuvda qatnashib, 4 ta gol urgan.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!