"Barsа" yulduzi Flikdan norozi
Hatto jamoadan ketishi mumkin
«Barselona» yarimhimoyachisi Gavi jamoadagi holatidan tobora ko‘proq norozi bo‘layotgani aytilmoqda.
22 yoshli futbolchi bu mavsumda maydonga kam tushmoqda, eng so‘nggi ikki uchrashuv – «Real» va «Alaves»ga qarshi o‘yinlarda esa umuman zahiradan ham maydonga chiqmadi. Har ikki bahsda ham bosh murabbiy Hans-Diter Flik unga imkoniyat bermagan.
Jurnalist Reshad Raxman Alfredo Martinesga tayanib xabar berishicha, jahon chempioni bo‘lgan Gavi o‘z o‘rnidan qoniqmayapti va jamoada ko‘proq ishonch hamda o‘yin amaliyotiga loyiqman, deb hisoblamoqda.
Shu bilan birga, so‘nggi kunlarda Gaviga PSJ tomonidan qiziqish ortgach haqidagi mish-mishlar kuchaymoqda. Transfermarkt portali ma’lumotlariga ko‘ra, kataloniyaliklar yarim himoyachisining bozor qiymati 25 million yevro atrofida baholangan. Uning «Barselona» bilan amaldagi shartnomasi 2030 yilgacha mo‘ljallangan.

Izohlar (0)