“Barsa” yulduzi klubning rejasi barbod qilmoqchi

  • 29 dekabr, 2022, 15:02
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Evropaning bir necha klublari singari “Roma” ham “Barselona”ga kerak bo‘lmay qolgan niderlandiyalik hujumchi Memfis Depayni o‘z safiga qo‘shib olmoqchi.

Tecno

Rimliklar yaqinda futbolchining agentlari bilan muzokaralarga kirishgan edi.

Marca nashrining yozishicha, Memfis Depay mavsumni Kataloniyada yakunlashga qaror qilgan. Tajribali hujumchi “Barselona”ning uni sotib, daromad ko‘rish rejasini barbod qilmoqchi.

Depay “Barsa”ni Ronald Kuman boshqargan davrda Kataloniyaga erkin agent sifatida kelgan edi. Hozirgi bosh murabbiy Xavi Ernandes jamoani niderlandiyalik futbolchilardan tozalash siyosatini davom ettirmoqda.

Memfis “Barselona”   uning transferidan foyda olmasligi uchun shartnomasining oxirgi kunigacha shu erda qolmoqchi.  

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!